Yaponiyaning Miyadzaki shahrida istiqomat qiluvchi 8 yoshli Skay Braun skeytbord bo‘yicha Vans US Open Pro Skate professional seriya bahslari tarixida qatnashgan eng yosh ishtirokchi bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Yosh bo‘lishiga qarmay, qizcha juda qiyin mashqlarni bajarib, turli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Skay, o‘zi singari skeytbordda uchadigan 4 yoshli ukasi Oushen bilan birgalikda Instagram’da sahifa yuritadi.
Izoh (0)