Portugaliya terma jamoasi hamda “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning tug‘ilib-o‘sgan Funshal shahrida “Ronaldu devori” ochildi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
31 yoshli futbolchining surati shahar binolaridan birining devoriga chizildi. Suratda Ronaldu mamlakat terma jamoasi libosida tasvirlangan.
Xabarda qayd etilishicha, londonlik rassom Richard Uilson Krishtianu Ronalduning ushbu surati muallifi bo‘lib chiqdi. Rassom kutilmaganda Angliya chempioniga aylangan “Lester” klubiga atalgan graffiti orqali tanilgan edi.
Qayd etish kerakki, Funshalda Ronalduga atalgan haykal o‘rnatilgan hamda shahar joylashgan Madeyra orolidagi xalqaro aeroport futbolchining sharafiga qayta nomlangan edi.
Izoh (0)