16-sentabrdan Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida uzunligi 600 metrga teng bo‘lgan, olti qator yo‘l tushadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, joriy yilning 16-sentabridan Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida uzunligi 600 metrga teng bo‘lgan, olti qator yo‘l tushadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlanishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarnomada.
Toshkent shahar hokimligi ushbu inshootning bunyod etilishi jarayonida yo‘l harakatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan cheklanishlar hamda tirbandliklar haqida ogohlantirdi va noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘radi.
Izoh (0)