Belgiyaning AQShdagi elchixonasi mamlakat paralimpiyachisining o‘rniga britaniyalik xonanda Jorj Mayklni Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlari medali bilan tabrikladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ot sporti bo‘yicha Belgiya paralimpiya terma jamoasi a’zosi Mishel Jorj Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Belgiya elchixonasi esa Twitter’dagi sahifasi orqali sportchi ayol o‘rniga xonanda Jorj Maylkning ismini belgilab, unga tabrik yubordi.
Ma’lumot uchun, britaniyalik taniqli xonanda ikkita Grammy mukofoti sovrindori hisoblanadi.
Izoh (0)