Pokistonning Panjob viloyatida poyezdlarning to‘qnashib ketishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 150 nafarga yaqini yaralandi. Bu haqda 15-sentabr, payshanba kuni Geo TV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa Mutlan shahri yaqinida tez yurar va yuk poyezdining to‘qnashuvi oqibatida yuzaga keldi. O‘nlab kishilar shikastlangan vagonlardan chiqolmay qolganligi ta’kidlanmoqda.
Hozirgi paytda yuz bergan hodisa tafsilotlari noma’lum.
Izoh (0)