16-sentabrdan e’tiboran Buyuk Britaniyaning Anqaradagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda, muassasaning Twitter’dagi rasmiy sahifasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq Germaniyaning Turkiyadagi elchixonasi 16-sentabrga qadar cheklangan rejimda xizmat ko‘rsatishini va fuqarolarni qabul qilishni to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.
Elchixonalar ko‘rayotgan bu choralar teraktlar xavfi va boshqa tahdidlar bilan bog‘liq.
Izoh (0)