AQShning Boeing Co. kompaniyasi yaqin 20 yil ichida Xitoy bozorida samolyotlarga bo‘lgan talab prognozini ko‘tardi. Mamlakatda o‘rta sinf vakillarining ko‘payishi sayohatga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
Boeing kompaniyasining Pekinda tarqatilgan xabarnomasiga ko‘ra, Xitoy bozori hajmi jahonda birinchi bo‘lib 1 trillion dollardan oshadi.
Kompaniya 2035-yilga borib mamlakatda fuqarolik laynerlariga bo‘lgan talab 6810 donani tashkil qilishi, ularning umumiy qiymati esa 1,025 trillion dollarga teng bo‘lishini kutmoqda.
O‘tgan yili boshqacharoq raqamlar keltirilgan edi — 6330 va 950 milliard dollar.
“Xitoy ko‘p jihatdan iste’molga asoslangan iqtisodiy modelga o‘tmoqda, mamlakatning iqtisodiy rivojida aviatsiya muhim rol o‘ynaydi”, — ma’lum qildi Boeing Commercial Airplanes marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Rendi Tinset.
Izoh (0)