Wells Fargo banki aksiyalari 3,3 foizga tushib ketgani bois amerikalik milliarder Uorren Baffetning boyligi 1,4 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Baffetga tegishli Berkshire Hathaway xoldingi kapitalizatsiyasi 2 foizga tushib ketdi. Xolding ayni paytda bankning eng yirik aksiyadori hamdir.
Biznesmen ayni paytda 65,8 milliard dollar davlat bilan Bloomberg milliarderlar reytingida to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
Bir necha kun muqaddam AQSh moliyaviy himoya byurosi Wells Fargo bankiga jarima soldi. Bunga moliyaviy muassasa mijozlarning ma’qullashisiz 2 milliondan ortiq hisob ochgani sabab bo‘ldi. Shundan buyon bank kapitalizatsiyasi 5,9 foizga qisqardi. 13-sentabr kuni bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan JPMorgan Chase o‘zib ketib, AQShning eng qimmat bankiga aylandi.
Izoh (0)