Suriyaning Aleppo shahrida sulh tartibining buzilishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. Bu haqda, Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Rossiya dushman tomonlarni yarashtirish markazi vakili podpolkovnik Sergey Kapitsinning so‘zlariga qaraganda, o‘t ochishni Suriya mo‘tadil muxolifati boshlab berdi. 12-sentabr kechasi Respublika gvardiyasining Hay Zahrat-Avvad tumanidagi marralari, shuningdek, Hay al-Ansoriy tumanidagi aholi yashaydigan mahallalar minomyotlardan o‘qqa tutildi.
Suriya armiyasiga qarata Shayx Said tumanidan tanklarga qarshi boshqariluvchi raketalar uchirildi.
Bundan tashqari, armiyaning Brayj ar-Rix tumanidagi marralari ZU-23 zenit qurilmalaridan o‘qqa tutildi.
Shu bilan birga, podpolkovnik Alepponing shimoliy qismida sulh tartibi amalda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)