Malayziyaning 2014-yilda g‘oyib bo‘lgan MH370 reysiga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan samolyot parchasida olov ta’siri izlari aniqlandi, bu esa samolyot bortida yong‘in yuz berganligini tasdiqlaydi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Samolyot parchasi Boeing 777 ning uchuvchilar kabinasidan orqada joylashgan bo‘lmaning ichki qoplamasi bo‘lishi mumkin.
Mazkur parcha yo‘qolgan samolyotni qidirish bilan mustaqil shug‘ullanayotgan amerikalik Bleyn Gibson rahbarligidagi jamoa tomonidan Madagaskarning janubi-sharqiy sohilidan topilgan. U avvalroq ham MH370 reysiga tegishli deb taxmin qilinayotgan 12 ta bo‘lakni topgan edi.
Gibson topilmani yo‘lovchi samolyotining g‘oyib bo‘lganligi yuzasidan surishtiruv olib borayotgan Avstraliya transport xavfsizligi byurosiga taqdim etishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)