Instagram ijtimoiy tarmog‘i tahqirlovchi izohlarni filtrlash funksiyasiga ega bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.
Buning uchun servis foydalanuvchisi haqoratli yoki kamsituvchi deb hisoblagan so‘zlar ro‘yxatini tuzishi lozim. Izohlarni avtomatik tekshirish natijasida ro‘yxatga kiritilgan so‘zlar ko‘rinmaydi.
“Biz har bir kishi tanqid va kamsitishlarga duch kelmagan holda o‘zligini saqlab qoluvchi sharoit yaratishni istaymiz”, — dedi Instagram rahbari Kevin Sistrom.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iOS tizimida ishlaydigan smartfon va planshetlar egalari Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylangan fotosuratlar va videolarni kattalashtirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)