Facebook Messenger dasturi onlayn-to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini joriy qilmoqchi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda Facebook vitse-prezidenti Devid Markus ma’lum qildi.
TechCrunch Disrupt anjumanida Markus kompaniya PayPal, Visa, MasterCard va American Express to‘lov servislari bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi.
Nashr eslatishicha, iyul oxirida Facebook Messenger messenjerining bir oylik auditoriyasi 1 milliard kishiga yetgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)