Armaniston prezidenti Serj Sargsyan Karen Karapetyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda, mamlakat hukumati xabarnomasiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Armanistonning ilgarigi bosh vaziri Ovik Abramyan 8-sentabr kuni iste’fo berdi. O‘sha kuni milliy kelishuv hukumatiga Karen Karapetyan rahbarlik qilishi ma’lum bo‘ldi.
53 yoshli Karapetyan ilgari Yerevan shahri meri, shuningdek, “Gazprom”ning top-menejeri bo‘lgan.
“Karapetyan Armanistondagi o‘zgarishlarning o‘ziga xos ramzi bo‘la olishiga ishonchim komil”, — ma’lum qildi Sargsyan.
Izoh (0)