Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunyin Koreya yarim orolidagi vaziyatning murakkablashuviga AQSh aybdorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Ilgariroq Pentagon rahbari Eshton Karter Xitoyni KXDR tomonidan o‘tkazilgan beshinchi yadro sinovlarida ayblagan edi.
“Janob Karter ortiq darajada kamtarlik qildi, vaziyat yomonlashuvida Xitoy emas, AQSh aybdor. Bu muammo birinchi galda KXDR va AQSh o‘rtasidagi ixtilof bilan bog‘liq. Ular muammo rivojlanishi retrospektivasiga boshqatdan razm solib, masalani hal qilishning samarador yo‘llarini topishi lozim. Aynan amerikaliklar bu muammoning yechimi uchun javobgar bo‘lishi lozim, negaki uni o‘zlari yaratdi”, — dedi Chunyin xonim.
Izoh (0)