Liviyada hukumat tomonidagi armiya bosh qo‘mondoni Xalifa Haftarga sodiq harbiylar neft portlari va dengiz bo‘yi qorovul qismlariga hujum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Portlar qorovulining rasmiy vakili Ali al-Xassiy Haftar harbiylari Zuvaytin, Ras-Lanufa, as-Sidera portlari va Ajdabiya shahriga hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, mamlakatda tuzilgan hukumat, parlament va armiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ularga birlashib, terrorchi guruhlar nazorati ostidagi hududlarni ozod qilish imkoniyatini bermayapti. Rasmiy qo‘shinlar qo‘mondoni Xalifa Haftar BMT missiyasi tomonidan shakllantirilgan hukumat bilan kelishmaydi va ayni paytda parlament bilan hamkorlikda ish olib boradi. Reuters’ning bildirishicha, Haftar Liviyaning yangi diktatori bo‘lishga da’vo qilmoqda.
Izoh (0)