Sudanda ro‘y bergan yirik yo‘l-transport hodisasida 27 halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ikki shaharlararo avtobus ishtirokidagi YTH 9-sentabr kechasi Xartum va al-Fasher shaharlari orasidagi trassada ro‘y berdi. Haydovchilardan biri katta tezlikda teskari yo‘lga chiqib ketib, ikkinchi avtobus bilan yuzma-yuz to‘qnashdi.
Jarohat olganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Shifokorlar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytmoqda.
Izoh (0)