Belgiyaning Bryugge shahri vokzalida to‘planib turgan yo‘lovchilar petardalar portlashini terrorchilik akti deb o‘ylab, sarosimaga tushdi. Bu haqda mamlakat temir yo‘llari milliy jamiyati vakili Bart Krols Le Soir nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
9-sentabr kuni platformaga kelgan poyezd haydovchisi nafaqaga chiqishga hozirlik ko‘rayotgan edi. Hamkasblari bu voqea bilan uni tabriklash uchun to‘plangan ekan, ayrimlari petarda ham ko‘tarib olgan edi. Krolsning so‘zlariga qaraganda, bu Belgiyada keng tarqalgan an’ana hisoblanadi.
Ammo qarsildoq ovozlari yo‘lovchilarni qo‘rqitib yubordi va ular shoshilinch tarzda vokzalni tark eta boshladi.
“Hozirgi sharoitda bu mutlaqo tushunarli reaksiyadir”, — dedi Krols va kompaniya nomidan barchadan uzr so‘radi.
Izoh (0)