Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa va Osiyoda AQSh va G‘arb manfaatlariga zid xatti-harakatlar, jumladan, teraktlar xavfi hali ham bor. Bu haqda AQSh Davlat departamenti tomonidan chet elga chiqayotgan amerikaliklarga yo‘llangan ogohlantirishda aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ogohlantirishda ta’kidlanishicha, IShID o‘z tarafdorlarini AQSh va uning koalitsiya bo‘yicha sheriklarining fuqarolariga dunyoning barcha chekkalarida hujum uyushtirishga chaqirib kelmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)