9-sentyabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq MSKning 9-sentabrdagi majlisida 2016-yil 4-dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
“Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9-sentyabridan O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qildi”, — deyiladi MSK matbuot xizmati xabarida.
MSK matbuot xizmatining qayd etishicha, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshiriladi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.