Falastin davlati prezidenti, Falastin Ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik maktubini yo‘lladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Islom Karimov hayotini o‘zbek xalqiga xizmat qilish va mamlakati suvereniteti hamda maqomini mustahkamlashga sarfladi. Biz uning xalqimiz huquqlarini himoya etish borasidagi o‘zgarmas munosabatini doim minnatdorlik bilan eslaymiz”, — deydi Mahmud Abbos.
“Alloh taolodan unga jannatni nasib etishini, birodar O‘zbekiston xalqining barqarorligi va farovonligini bardavom qilishini so‘raymiz”, — deyiladi Falastin rahbarining maktubida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.