Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMT bosh kotibi Pan Gi Munni tentak deb atadi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Duterte Pan Gi Munga bu “ta’rif”ni uning inson huquqlari sohasidagi siyosati haqida fikr bildirayotganida berdi.
Shuningdek, Duterte AQSh prezidenti Barak Obamaga nisbatan hech qachon ayblovlar ilgari surmaganini ta’kidlab o‘tdi.
“Men bu so‘zlarni aytdim, ammo Obama haqida emas”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Duterte Obamani fohishaning o‘g‘li deb haqorat qilgan, shundan so‘ng AQSh rahbari u bilan uchrashmaslikka qaror qilgan, ammo Duterte o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirgach, uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.