Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Oq uy rahbari Barak Obamani hech qachon haqorat qilmaganini bildirdi. U 9-sentabr, juma kuni Indoneziya poytaxti Jakartada, o‘zining ilk xorijiy tashrifi chog‘ida shunday bayonot berdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Tekshirib ko‘rishingiz mumkin, uning sha’niga tegadigan so‘zlarni aytmaganman”, — deya ta’kidladi Duterte.
Obama mazkur haqoratni “o‘ziga olmagani”ni ma’lum qildi. AQSh prezidentining aytishicha, ular Laos poytaxti Vyentyanda “ko‘rishgan va bir-biri bilan salomlashgan”.