9-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston Prezidentligiga saylov 4-dekabr kuni o‘tkaziladi. O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi.
2. O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 12-sentabr kuni nishonlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hayit namozi o‘qish vaqtlarini ma’lum qildi.
3. Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning yangi bosh vazirini tayinladi. Sagintayev 2014-yildan beri Masimov hukumatida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
4. Shimoliy Karolinada prezidentlik saylovlari uchun ovoz berish boshlandi. AQShda 34 shtat va Kolumbiya federal okrugida muddatidan avval hamda sirtdan ovoz berishga ruxsat berilgan.
5. Rio—2016. Paralimpiyaning ilk kunida 8 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 3-o‘rinda.
Bonusiga — Bayroqlardagi o‘xshashlik sabab Kali shahri aholisi O‘zbekiston futzal termasiga muxlislik qilishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.