Sirdaryo viloyatida paxta xom-ashyosini qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olishni tashkil etish maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Viloyatda ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilgan. Xususan, “har kuni terilgan paxta uchun naqd pul beriladi”.
Bundan tashqari, besh tonnadan ortiq paxta tergan oilaga televizor, oilasi bilan 10 tonna paxta tergan xonadon egasiga muzlatgich, kir yuvadigan mashina beriladi, 15 tonna paxta tergan xonadon egasiga esa — o‘z mablag‘i yoki kredit evaziga — navbatsiz yengil mashina beriladi.
“Besh kun davomida 750 kilogrammdan 1 tonnagacha paxta tergan ilg‘or terimchiga bepul televizor beriladi”, — deya qo‘shimcha qilingan viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.