O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Hayit namozi o‘qish vaqtlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portali xabar bermoqda.
Xususan, Toshkent shahridagi barcha masjidlarda Hayit namozi 2016-yil 12-sentabr, dushanba kuni tonggi soat 06:15 da o‘qiladi.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Hayit namozi vaqti taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi”, — deyiladi diniy idora axborotida.
Avvalroq O‘zbekistonda Qurbon Hayitining birinchi kuni — 12-sentabr dam olish kuni deb e’lon qilingani, bu haqdagi tegishli qaror O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 9-sentabr kuni imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.