12-sentabrdan e’tiboran Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaatlarni faqat elektron raqamli imzo bo‘yicha yuborish talabi amalga kiradi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bundan buyon davlat organlariga so‘rov yuborishdan oldin majburiy tarzda elektron raqamli imzodan foydalaniladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan raqamli imzo olinishini osonlashtirish maqsadida davlat soliq qo‘mitasining yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi “Elektron raqamli imzo olishga ariza berish” xizmatini ishga tushirdi.
Jismoniy shaxslar ariza kiritilgani va xizmat haqi to‘langanidan so‘ng besh kun davomida ariza ko‘rib chiqilishining ijobiy yoki salbiy natijasi haqida ma’lumot oladi. Natija ijobiy bo‘lgan taqdirda tuman davlat soliq inspeksiyasiga pasport va USB-karta bilan kelib, ERI sertifikati va kalitini olib ketish mumkin bo‘ladi.
ERI uchun to‘lov ariza kiritilganidan so‘ng uch kun davomida amalga oshirilishi lozim. To‘lov narxi minimal oylik ish haqining 10 foizini tashkil etadi.
Fuqarolarning murojaatlarini Call-center orqali qabul qilish eski tartibda davom etadi.
Izoh (0)