O‘zbekistonning hududiy rivojlanish uchun javobgar bo‘lgan, markaziy va viloyat darajalaridagi davlat organlari vakillari tashrif bilan Latviyada bo‘lib turibdi, deb yozadi “Gazeta.uz” BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasiga tayanib.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — Latviya davlat organlarining mahalliy boshqaruv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha tajribalarini o‘rganish.
Latviya parlamenti, vazirliklari va agentliklari vakillari bilan uchrashish, Latgaliya hududi ma’muriyati namunasida hududiy rejalashtirish bilan tanishish, shuningdek, davlat va o‘z-o‘zini boshqarish organlari xizmatlari markazlariga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, davlat boshqaruvining markaziy va mahalliy organlari o‘zaro aloqasini yaxshilash, mahalliy kengashlar ishining samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqiladi.
Izoh (0)