Isroil harbiy-havo kuchlari bir hafta ichida ikkinchi marta Suriya armiyasining Golan tepaliklaridagi marralarini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Isroil aviatsiyasi Suriya armiyasining minomyotli marralariga zarba berdi. Jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.
Tomonlar 4-sentabr kuni Golan tepaliklari yaqinida ilk bor to‘qnash kelgan edi.
Golan tepaliklari 1944–1967-yillarda Suriyaning Qunaytra viloyati hududida edi. 1967-yilgi Olti kunlik urush davomida Isroil ushbu hududni egallab oldi. Shundan buyon u ikki davlat o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi.
Izoh (0)