Eronning diniy rahnamosi oyatulloh Ali Xomanaiy AQShni Saudiya Arabistonining jinoyatlariga sherik deb hisoblaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
2015-yili Haj safari chog‘ida halok bo‘lgan eronlik ziyoratchilarning qarindoshlari bilan Tehronda uchrashuv o‘tkazgan Xomanaiy AQShni Saudiyaning asosiy jinoiy sherigi deb hisoblashini bildirdi.
“Saudiya rejimini qo‘llab-quvvatlovchilar, xususan, AQSh ushbu rejim sodir etgan jinoyatlar — minglab ziyoratchilar qurbon bo‘lgan Mino fojiasi, Yaman, Suriya, Iroq, Bahraynda musulmonlarning o‘ldirilishiga sherikdir”, — dedi Xomanaiy.
Ilgariroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy musulmon davlatlarini birlashib, Saudiya Arabistonini terrorchilikka ko‘rsatgan yordami va Hajni yomon tashkil etgani uchun jazolashga chaqirgan edi.
Izoh (0)