“Soyuz TMA-20M” kosmik kemasining tushuvchi apparati 7-sentabrga o‘tar kechasi Qozog‘istonda qo‘ndi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Kema Xalqaro kosmik stansiya ekipaji vakillari — Jeffri Uilyams, Aleksey Ovchinin va Oleg Skripochkani olib tushdi. “Soyuz TMA-20M” fazoga uchgan eski versiyadagi oxirgi kema bo‘ldi.
Ekipaj tushuvchi moslamadan muvaffaqiyat bilan evakuatsiya qilindi. Fazogirlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Ekipaj 172 sutka mobaynida parvoz qildi. Jeffri Uilyams XKS bortida 534 kun, 2 soat va 48 daqiqa bo‘lib, bu borada amerikalik astronavtlar o‘rtasida rekord o‘rnatdi. Barcha davlatlar fazogirlari orasida esa rossiyalik Gennadiy Padalka rekordchi hisoblanadi — u stansiyada jami 878 sutka bo‘ldi.
Stansiyaga keyingi ekspeditsiya yetib kelguniga qadar u yerda rossiyalik Anatoliy Ivanishin, yaponiyalik Takuya Onisi va amerikalik Ketlin Rubins ishlab turadi.
Izoh (0)