Vena rasmiylari muhojirlarni qabul qilishdan bosh tortgan Vengriyani sudga tortishga va’da bermoqda. Bu haqda, Avstriya ichki ishlar vazir Volfgang Sobotkaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Dublin qoidalari”ga ko‘ra, muhojirlar Yevropa Ittifoqining qaysi mamlakatiga ilk bora tashrif buyursa, o‘sha yer hukumatiga boshpana so‘rab murojaat qilish lozim. Shunga qaramay, ayni paytda muhojirlarning aksariyat qismini ortga — ilk tashrif buyurgan davlatiga qaytarib bo‘lmaydi.
Markaziy Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Vengriya Yevroittifoqning davlatlarni qaytgan muhojirlarni qabul qilishga majbur qilishga bo‘lgan urinishlariga qarshi chiqib kelmoqda.
“Avstriya sudga murojaat etishi lozim. Respublika Yevroittifoq qonunga rioya etishini ko‘rishi lozim. Nuqta”, — ta’kidladi Sobotka ORF radiosi efirida.
Izoh (0)