Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasi samolyoti uchuvchining e’tiborsizligi tufayli Kuala-Lumpur o‘rniga Avstraliyaning Melburn shahriga qo‘ndi. Bu haqda Avstraliya transport xavfsizligi byurosi bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hodisa 2015-yilning mart oyida yuz berdi, biroq surishtiruv natijalari endi chop etildi. AirAsia’ning Airbus A330 samolyoti 2015-yilning 10-mart kuni Sidneydan Kuala-Lumpur shahriga yo‘l oldi. Parvoz vaqtida samolyot ekipaji navigatsiya tizimida muammolarni aniqladi, lekin ob-havoning noqulayligi tufayli Sidneyga qayta olmadi. Natijada havo kemasi kapitani tasodifan samolyotning bo‘ylama holatini noto‘g‘ri belgiladi va bu bort navigatsiya tizimiga ta’sir qildi hamda uchuvchilar boshqa yo‘nalishda harakatlanayotganini sezmadi.
AirAsia’ning ishtirokida shunga o‘xshash holat 2014-yilning 28-dekabrida ham yuz bergandi. Airbus layneri ertalab Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olayotgandi va bir soatga yetmasdan samolyot halokat haqidagi signalsiz radarlar ekranidan yo‘qoldi. Havo kemasi bortida 162 yo‘lovchi bo‘lgan va ularning barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)