Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Italiyalik olimlar inson hayotini uzaytiradigan omilni aniqladi, deb yozadi EurekAlert! nashri. Bu yaxshi mikrotsirkulyatsiya — to‘qimalarga qon tarkibidagi moddalarning yetkazib berilishi bo‘lib chiqdi.

Foto: “Politrussia.com”

Foto: “Politrussia.com”

Olimlar o‘rtacha yoshi 92 ga teng bo‘lgan, uzoq umr ko‘ruvchi kishilarni kuzatdi. Ularning organlari qon bilan ta’minlanish darajasi ulardan 30 yosh kichik kishilardagi kabi yaxshi bo‘lgan. Mutaxassislar buning sababi sifatida qondagi adrenomedullin gormoni miqdorining kamligini keltirmoqda.

Ushbu peptid miqdori yuqori bo‘lgan odamlarda mikrotsirkulyatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan va qon bosimiga ta’sir o‘tkazadigan ko‘rsatkichlar, birinchi navbatda vazolidatsiya (silliq muskullar tonusining tushishi) va qon tomirlari butunligi, unchalik yaxshi darajada bo‘lmagan.

Inson hayotining uzoq davom etishini ta’minlovchi asosiy omillar genetik moyillik, jismoniy faollik va ovqatga bo‘lgan mayl xarakteri hisoblanadi. Yangi tadqiqot esa yana bitta ko‘rsatkichni aniqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi