2014-yildan buyon Xitoy hukumati ikki ming qochoq korrupsiyachini qo‘lga oldi. Bu haqda China Daily gazetasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Qochoq korrupsiyachilar va noqonuniy daromadlar oqimi odil sudlovga jiddiy zarar yetkazadi va iqtisodiy taraqqiyotni to‘xtatib qo‘yadi”, — deya ta’kidladi Xitoy Kommunistik partiyasi intizomni tekshirish bo‘yicha komissiyaning xalqaro hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari Say Vey.
Korrupsiyachilardan 1,1 milliard dollarga teng noqonuniy aktivlar musodara etilganligi ta’kidlanmoqda. Qo‘lga olinganlar orasida 342 nafar mansabdor bor.
Izoh (0)