Futbol bo‘yicha JCh—2018 3-saralash bosqichi doirasidagi Qatar — O‘zbekiston o‘yini oldidan mezbonlar bosh murabbiyi Xose Daniel Karreno fikr bildirdi.
“Futbolchilarga Eron bilan o‘yinni unutishlari kerakligi haqida aytdim. Oldinda bizni O‘zbekistonga qarshi og‘ir uchrashuv kutib turibdi”, — dedi mutaxassis. Uning shogirdlari 1-turni Eronda o‘tkazib, 90-daqiqadan keyin ikkita gol o‘tkazib yuborgandi.
“Futbolchilarim o‘yinga tayyor, jarohat olganlar yo‘q. Men muxlislardan ko‘p narsa umid qilaman. Ular stadionni to‘ldirib, bizni qo‘llab turishlarini xohlardim. Bu qo‘shimcha kuch beradi”, — deb ta’kidlagan Karreno.
Qatar — O‘zbekiston o‘yini 6-sentabr kuni 21:00 da start oladi.
Izoh (0)