Hindiston sharqida qariyb 40 kishidan iborat jangari-maochilar guruhi qonun tomonidan ta’qib qilinmaslik va’dasi bilan hukumatga taslim bo‘ldi. Bu haqda Business Standard gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, 38 kishi, shu jumladan, 7 ayoldan iborat jangarilar guruhi Jarkxand shtati o‘rmonlarida politsiyaning terrorchilarga qarshi kurash maxsus bo‘limi tomonidan qurshovga olindi. Jangarilar ularga amnistiya berilishi sharti bilan taslim bo‘ldi.
Taslim bo‘lganlar orasida boshi uchun mukofot belgilangan terrorchilar ham bo‘lgan. Ulardan biri otryad yetakchisi bo‘lgan ayolni ushlab berganga 100 ming rupiya (qariyb 1,5 ming dollar) va’da qilingandi. Terrorchi ayol bir nechta qotillik va teraktlar uyushtirishda ayblangan.
Izoh (0)