BMTning Liviyani qo‘llab-quvvatlash missiyasi (UNSMIL) mamlakatdagi siyosiy inqiroz va qurolli guruhlarning ko‘payib ketishi uchun javobgardir. Bu haqda Liviya armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ilgariroq ham BMT Liviyadagi bo‘linishni bartaraf etish yo‘lida harakat qilgan, ammo bu sa’y-harakatlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. BMT ko‘magida tashkil etilgan milliy kelishuv hukumati parlament tasdig‘idan o‘tmadi. Haftar esa, o‘z navbatida, parlament ittifoqchisidir. Liviyaning alohida hududlari hali-hamon radikallar nazorati ostida.
“Buning uchun BMT missiyasi ham jiddiy tarzda javobgardir. Missiya noqonuniy qurolli guruhlar o‘z zimmasiga armiya, politsiya va kuch tuzilmalari vazifalarini olishiga qo‘yib berdi”, — dedi Haftar.
Izoh (0)