Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatda favqulodda holat joriy qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Malakanang prezidentlik saroyi vakillarining ma’lum qilishicha, rejim bugundan, 5-sentabrdan kuchga kirib, prezident tomonidan bekor qilinmaguniga qadar, ya’ni noma’lum muddat amal qiladi.
2-sentabr kuni Davao shahri bozori yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi yaralandi. Jinoyat uchun javobgarlikni “Abu Sayyaf” terrorchi guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)