Buyuk Britaniya 2011-yildan buyon birinchi marta Eronga elchi tayinladi. Bu haqda, mamlakat hukumati matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Britaniyaning Erondagi diplomatik missiyasiga rahbar etib Nikolas Xopton tayinlandi. Ilgari u Tehronda vaqtinchalik ishonchli vakil vazifasini bajargan edi.
Eronga qarshi 2011-yil noyabrida AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya tomonidan iqtisodiy sanksiyalar joriy qilinganidan so‘ng Eron banklari bilan barcha aloqalar uzilgan edi. Bunga Eron tomonidan yadroviy dasturning rivojlantirilishi sabab bo‘ldi. O‘sha oyning o‘zida Eron Britaniya bilan diplomatik aloqalarni vaqtinchalik ishonchli vakillar darajasiga tushirib, savdo-iqtisodiy aloqalarni minimal darajagacha kamaytirishga qaror qildi.
Izoh (0)