JCh–2018 turniriga saralashning final bosqichi ilk turida Suriyaga qarshi (1:0) o‘yinda gol kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix mamlakat termasi safida kiritgan gollari soni bo‘yicha Mirjalol Qosimovdan o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda O‘FFning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Aleksandr Geynrix O‘zbekiston terma jamoasi safida 89 uchrashuvda 31 ta gol kiritishga erishgan. O‘zbekiston termasining eng yaxshi to‘purari esa Maksim Shatskix sanaladi. U mamlakat termasida 60 o‘yin o‘yin o‘tkazib, 34 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)