Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turing Robotic Industries 2017-yilda mahsuldorligi o‘rtacha noutbuknikidan yuqori bo‘ladigan smartfonni chiqaradi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Turing Phone Cadenza ikkita baquvvat chipga ega bo‘ladi, shuningdek, boshqa xususiyatlari ham hayron qoldiradigan darajada bo‘ladi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Turing Phone Cadenza ikkita Qualcomm Snapdragon 830 o‘ta unumdor chiplari asosiga quriladi. Shu tufayli smartfonga ikkita tezkor xotira moduli o‘rnatiladi.

Smartfon kamerasi to‘rtta matritsani o‘z ichiga oladi, bu unga iMAX 6K sifatidagi videoni suratga olish imkonini beradi. Uchta akkumulyator, kompozit materialdan korpus, sun’iy intellekt instrumentlariga ega operatsion tizim — bozorga hali bunaqasi chiqarilmagan edi.

Turing Phone Cadenza 12 Gb tezkor xotira (6 gigabaytdan ikkita modul), 5,8 dyuymli va 1440×2560 pikselli ekran, 60 megapikselli asosiy va 20 megapikselli old kamera, 1 Tb ichki xotira, 2400 mA/soat sig‘imli grafenli va 1600 mA/soat sig‘imli litiy-ionli akkumulyatorga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi