Facebook asoschisi Mark Sukerberg muloqotning turli usullariga mo‘ljallangani uchun WhatsApp va Messenger dasturlarini birlashtirish niyatida emas. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Ular alohida ishlagani to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylayman. Odamlar yaqin do‘stlari bilan doimiy muloqotda bo‘lishi uchun WhatsApp qulay. Messenger’dan esa odatda unchalik yaqin bo‘lmagan, telefon raqamlarini bilmaydigan kishilar bilan bog‘lanish, ularni, aytaylik, tug‘ilgan kunlari bilan tabriklash uchun foydalaniladi”, — deb ta’kidladi Sukerberg.
Ma’lumot uchun, Facebook 2014-yilda WhatsApp’ni 19 milliard dollarga sotib oldi. Ikki dasturning ham milliardan oshiq foydalanuvchisi bor.
Izoh (0)