Misr harbiy-havo kuchlarining Sinay yarim orolining shimolidagi reydlari natijasida IShID terrorchi guruhining mahalliy yacheykasiga mansub kamida 40 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AH-64 Apache vertolyotlari IShIDning G‘azo sektori chegarasidagi Rafax shahrida joylashgan qarorgohini o‘qqa tutdi.
Harbiy samolyotlar ertalabdan havo ko‘tarilib, razvedka ma’lumotlari asosida nuqtali zarbalar bera boshladi. Jonli kuchlardan tashqari, bir qancha texnika birligi va transport vositalari yo‘q qilindi. O‘nlab jangarilar yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)