Yaponiya futbol federatsiyasi mamlakatning BAAga qarshi (1:2) JCh–2018 turniriga saralashning final bosqichi ilk turida hakamlarning ish olib borishiga norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress”.
Yaponiya futbol federatsiyasi rasmiy shikoyatni uchrashuvdan so‘ng darhol Osiyo futbol konfederatsiyasiga yuborgan. Bunga asosiy sabab sifatida yaponiyaliklar tomonidan kiritilgan golning inobatga olinmasligi ko‘rsatilmoqda.
“Bunday hakamlikni qabul qilib bo‘lmaydi. Asanoning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tgandi”, – dedi Yaponiya termasi ustozi Vohid Xalilxojich.
Ma’lumot uchun, Yaponiya – BAA uchrashuvini qatarlik Abdulrahmon Hussayn boshqarib borgandi.
Izoh (0)