Germaniyalik iqtisodiyotchi, Nobel mukofoti sovrindori Reynxard Zelten 85 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda, Bonn universiteti xabarnomasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Olim 23-avgust kuni Polshaning Poznan shahrida hayotdan ko‘z yumdi.
Zelten iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan yagona Germaniya vakilidir. U 1994-yilda mukofotni amerikalik hamkasblari Jon Nesh va Jon Xarsanyi bilan birga o‘yinlar nazariyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun olgan edi.
Izoh (0)