Yaponiyaning Ivate prefekturasidagi Ivaidzumi shahrida joylashgan qariyalar uyida daryolarning toshqinini keltirib chiqargan “Layonrok” to‘foni oqibatida 9 nafar pensionerning jasadi aniqlandi. Bu haqda prefektura politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qariyalar uyida yashovchilarning o‘limi sababi aniqlanmagan. Voqea joyida huquq-tartibot xodimlari ish olib bormoqda.
Avvalroq tabiiy ofat oqibatida suv ostida qolgan qo‘shni Kudzi shahrida qariya ayol halok bo‘lgandi.
“Layonrok” to‘foni tufayli mamlakatda 110 ta ichki reys qoldirildi, maktablarda darslar bekor qilindi. Tabiiy ofat aholining ommaviy evakuatsiya qilinishiga ham sabab bo‘ldi.
Izoh (0)