Yamanda davom etib kelayotgan qurolli ixtilof qurbonlari soni 10 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Yamandagi vakili Jeymi Makgoldrik aynan shu raqamni keltirdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, yangi ma’lumotlar Yaman tibbiy muassasalaridan to‘plangan sonlarga asoslangan. Makgoldrik aslida bu raqam kutilganidan ham kattaroq bo‘lishi mumkinligini tan oldi, negaki ko‘pgina tumanlarda shifoxonalar ishlamayapti, ayrimlar esa marhum qarindosh va yaqinlarini rasmiylarni ogohlantirmasdan dafn etadi.
Izoh (0)