O‘zbekiston milliy terma jamoasining Rossiya Premyer-Ligasidagi a’zolari Vitaliy Denisov va Odil Ahmedov kecha — 28-avgust kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
“Krasnodar” va “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi bellashuvda “temiryo‘lchilar” 2:1 hisobida zafar quchdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi. Hisob 1:2 bo‘lib turgan 65-daqiqada Odil Ahmedov o‘z o‘rnini boshqa jamoadoshiga bo‘shatib berdi. Vitaliy Denisov esa to‘liq harakat qildi.
Rossiya Premyer-Ligasining 5-turidan keyin “Krasnodar” 7 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Shuncha ochkosi bor “Lokomotiv” to‘plar nisbatiga sabab 9-o‘rinda qayd etilgan.
Izoh (0)