Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 2-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unga ko‘ra ochko yo‘qotmagan klublar 4 ta qoldi: “Jenoa”, “Sampdoriya”, “Yuventus” va “Sassuolo”.
Rimda “Latsio” mehmoni bo‘lgan Italiyaning amaldagi chempioni “Yuventus” Sami Xediraning yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi. Turinning boshqa bir klubi “Torino” esa “Bolonya” darvozasiga 5 ta gol urdi.
Milan shahri klublari 2-turda ochko yo‘qotdi. “Inter” o‘z maydonida “Palermo”ni mag‘lub eta olmagan bo‘lsa, “Milan” safarda “Napoli”dan yengildi — 2:4.
Mavsumni yirik bilan boshlab, keyinroq Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan qolib ketgan Rimning “Roma” klubi 2-turga keliboq ochko yo‘qotdi.
Italiya A seriyasi 2-tur bellashuvlari 27-avgust, shanba
“Latsio” — “Yuventus” 0:1
Gol: Sami Xedira, 66 (0:1).“Napoli” — “Milan” 4:2
Gollar: Arkadiush Milik, 18 (1:0). Arkadiush Milik, 33 (2:0). Mbaye Nyang, 51 (2:1). Suso, 55 (2:2). Xose Kalyexon, 74 (3:2). Alessio Romanoli, 90+4-avt (4:2).Chetlatishlar: Yuray Kutska, 75 (M). Mbaye Nbyang, 87 (M).28-avgust, yakshanba
Izoh (0)