Turkiya Rossiyaga o‘z aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilishining kafolatlarini taqdim etdi. Bu haqda, Rossiya transport vaziri Maksim Sokolovga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Vazir “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida rejalashtirilayotgan jarayonlar sirasiga yo‘lovchilarning 20 foizini tekshirish kirishini ta’kidlab o‘tdi. Uning tushuntirishicha, bunga metallodetektor hamda yuklarni ko‘zdan kechirish kiradi.
Bir muddat ilgari, Turkiya bilan munosabatlar qaytadan yaxshilanishi sababidan, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ikki davlat o‘rtasidagi charter parvozlariga o‘rnatilgan taqiqni bekor qilgan edi.
Izoh (0)